» » Toshkent shahar hokimligi “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilishi haqidagi xabarga raddiya berdi

Toshkent shahar hokimligi “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilishi haqidagi xabarga raddiya berdi


Toshkent shahar hokimligi 9-may kuni “O‘lmas polk” aksiyasi doirasida “Birodarlik qabristoni”dan Mustaqillik maydoniga piyoda borish haqidagi xabarni rad qildi.

Raddiyada, shuningdek, tashkilotchilar ommaviy tadbir o‘tkazishga ruxsat olmagani aytilgan. Shahar bo‘ylab trotuardan ommaviy tarzda yurish esa shahar ahli va mehmonlari uchun noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

9-may kuni “Birodarlik qabristoni” kompleksida soat 10:00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi. Istagan odam kelib, Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan qahramonlar sharafiga uyushtiriladigan tadbirda qatnashishi mumkin. Shu kunning o‘zida Mustaqillik maydonidagi Motamsaro ona va Mangu olov yodgorligiga kelib, gullar qo‘yish mumkin. Shuningdek, shu kuni soat 21:00 da Xalqlar do‘stligi saroyida bayram munosabati bilan mushak otiladi. Bundan tashqari, Xumo muz saroyida harbiy texnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют