» » O‘zbekiston Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil qilishda autsorsingdan foydalaniladi

O‘zbekiston Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil qilishda autsorsingdan foydalaniladi


Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (379-son, 06.05.2019-y.), deya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi rasmiy “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilinadi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari tizimida taomlar turlari xilma-xillashtiriladi va ovqat tayyorlash sifati yaxshilanadi.

IIVning harbiy qismlarida, ta’lim muassasalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalari va davolash muassasalarida ovqat tayyorlash uchun autsorsing tizimi joriy etiladi.

Autsorserga ovqatlanishni tashkil qilish uchun oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellari nol stavkada ijaraga beriladi.

Ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotlar sanitariya va gigiyena qoidalariga hamda boshqa normativ talablarga mos bo‘lishi lozim.

Autsorsing tizimiga o‘tish munosabati bilan tejalgan mablag‘lar tizimning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют