» » Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi perinatal markazda homilador ayollarning polga yotqizilayotganiga izoh berdi

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi perinatal markazda homilador ayollarning polga yotqizilayotganiga izoh berdi


7-may kuni Repost nashri o‘z mushtariylari ma’lumotlariga asoslanib Navoiy viloyatidagi perinatal markazda joy yetishmasligi sababli homilador va yangi tuqqan ayollar yerga yotqizilayotgani haqida xabar bergan edi. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ushbu holat yuzasidan izoh taqdim etdi.

Viloyatning barcha shahar va tumanlarida 8 ta tug‘ruxona va 1 ta viloyat perinatal markazi mavjud. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014-yildagi 185-sonli buyrug‘iga asosan Zarafshon shahri va Karmana tumanlarida hududlararo perinatal markazlari tashkil etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 378-sonli qaroridagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Viloyat perinatal markazi to‘g‘risidagi Nizom”da viloyat perinatal markazi tomonidan viloyatning tuman va shaxarlaridan homiladorlikning 22 haftasidan 34 haftasigacha bo‘lgan muddatdan oldingi tug‘ruqlar va homiladorlikning og‘ir asoratli holatlari bilan kelgan homidadorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Navoiy viloyatida yashovchi aksariyat ayollar farzandini perinatal markazda dunyoga keltirishni istagani uchun markaz tomonidan ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda. (1 yil davomida viloyat perinatal markazida 6000 dan ortiq tug‘ruqlar qabul qilinadi.)

Viloyat perinatal markazining homiladorlar xastaligi bo‘limida bugungi kunda 40 o‘rin mavjud bo‘lsada, homiladorlikning asoratlari bilan homiladorlarning ko‘plab murojaat qilishi natijasida 2019-yil 7-may holatida 40 o‘rinli bo‘limda 53 nafar homiladorlar qabul qilingan bo‘lib, oqibatda yuqorida ko‘rsatilgan holat kelib chiqgan va ushbu holat 1 soat ichida zudlik bilan bartaraf etildi hamda qo‘shimcha o‘rin joylar yaratildi.

Bundan tashqari, viloyat perinatal markazi binosida Investitsiya dasturi doirasida 18 milliard 401 million so‘m mablag‘larga 2017-yildan buyon qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 2018-yilning dekabr oyida markazning yangi korpusi qurilib foydalanishga topshirildi va eski binosida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. 2019-yilning iyul oyida qurilish ta’mirlash ishlari yakunlanib bino to‘liq topshirilishi hamda 396,4 ming AQSh dollariga 74 turdagi tibbiy jihozlar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют