» » Sirdaryoda pensiya tayinlash uchun topshirilgan hujjatlar noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ldi

Sirdaryoda pensiya tayinlash uchun topshirilgan hujjatlar noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ldi


Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash uchun fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib, ularni rasmiylashtirishning qonunda belgilangan tartibiga rioya etilishi nazorat qilib keladi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bundan tashqari, tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan taqdim etilgan pensiyalar, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar olish huquqini beradigan hujjatlarning ishonchliligini tekshiradi.

Ammo ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy tarzda to‘liq pensiya tayinlanishiga erishish maqsadida hujjatlarni soxtalashtirish, qonunchilik talablariga bo‘ysunmasdan, yuqori turuvchi organga murojaat qilish orqali masalasini hal qilishga urinish holatlari ham uchrab turadi.

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.B. jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga turmush o‘rtog‘i X.X.ga pensiya tayinlanishda ayrim ish haqlari jamg‘arma xodimlari tomonidan asossiz ravishda hisobga olinmagani yuzasidan murojaat qilgan.

Murojaat ko‘rib chiqilishi jarayonida ish haqi va soliq organiga topshirilgan hisobot ma’lumotlar bir-biriga mos emasligi, shuningdek, sug‘urta badallari belgilangan miqdordan kam hisoblangani aniqlanib, pensiya tayinlash uchun topshirilgan noto‘g‘ri hujjatlar belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют