» » O‘zbekistondagi Gruziya elchisi o‘z lavozimiga kirishdi

O‘zbekistondagi Gruziya elchisi o‘z lavozimiga kirishdi


2019-yilning 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Gruziyaning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot beradi.

Ishonch yorliqlari nusxasini olar ekan Vazir Elchini faoliyati boshlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyat tiladi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarining holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan ikki tomonlama savdoni oshirish hamda yetkazib beriladigan tovar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish hisobidan aloqalarni mushtahkamlashga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.

2019-yil 16-iyuldan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga va turizm sohasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirishga imkon berishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют