» » Toshkentda 100 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirgan shaxslar ushlandi

Toshkentda 100 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirgan shaxslar ushlandi


Toshkentda 100 ming so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirish va sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIBB matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 4-may kuni to‘rt nafar yigit — Toshkent viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan, 24 yoshli Sardor Sh., Toshkent viloyatida yashovchi 24 yoshli Behzod T., Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli Ibrohim X. va andijonlik 23 yoshli Humoyunbek O. 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni o‘tkazish maqsadida Chilonzor tumaniga kelgan.

Yigitlar 23 yoshli Shoira A.ga 7 ta shunday kupyurani o‘tkazgan. Qiz esa pullarni yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi Nexia haydovchisi 33 yoshli Hamidullo M. bilan hisob-kitob qilgan. Haydovchi bu pullar soxta ekanini aniqlab, Toshkent shahar IIBBning yaqin atrofda xizmat o‘tayotgan YPX inspektorlarini xabardor qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yuqorida ko‘rsatilgan yigitlar kelgan mashina aniqlanib, to‘xtatilgan. Mashina tekshirilganda, 51 ta qalbaki 100 ming so‘mlik, milliy valyuta chop etilgan A4 shaklidagi 25 varaq qog‘oz hamda soxta pullarni tayyorlashda foydalanilgan Canon printeri aniqlangan.

Sud ekspertizasi ma’lumotlariga ko‘ra, ish yuzasidan musodara qilingan barcha kupyuralar soxta ekanligi aniqlangan. Qo‘lga olinganlardan biri Sardor Sh. sheriklari bilan Toshkentning har xil tumanlarida qalbaki pullarni sotganini tan olgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (“Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, 100 ming so‘mlik kupyura 2019-yilning 25-fevralidan boshlab muomalaga chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют