» » Qoraqalpog‘istonda Majburiy ijro byurosi tadbirkorning takroriy qoidabuzarligini fosh qildi

Qoraqalpog‘istonda Majburiy ijro byurosi tadbirkorning takroriy qoidabuzarligini fosh qildi


Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Navoiy” OFY hududida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasida rekonstruksiya ishlarini olib borayotgan korxona tomonidan elektr energiyadan foydalanish tartiblariga rioya etish ahvoli o‘rganilganida, rekonstruksiya obyekti tepasidan o‘tib turgan elektr energiyasi liniyasiga noqonuniy va to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib payvandlash ishlarini ishlab turgani aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirildi, bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida ta’minotchi korxona manfaatlariga 14 652 708 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Eng achinarlisi, xuddi shunday qoidabuzarlik ushbu MChJ tomonidan o‘tgan 2018-yil ham sodir etilib, rahbari tegishli tartibda jazoga tortilgan edi. Lekin, ko‘rinib turibdiki, tadbirkor bundan xulosa chiqarmagan ekan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют