» » O‘zbekiston yangi lokomotivlarni xarid qilishga 226 million dollar yo‘naltiradi

O‘zbekiston yangi lokomotivlarni xarid qilishga 226 million dollar yo‘naltiradi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” lokomotivlar parkini jami 226,1 million dollar evaziga yangilash borasidagi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumat qarori loyihasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

Loyihani moliyalashtirishga Osiyo taraqqiyot bankidan 170 million dollar zayom mablag‘lari jalb qilinadi. Hozircha aniq soni aytilmayotgan lokomotivlarni 2021-yilning oxiriga qadar xarid qilish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan 56 million dollar tikiladi.

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ikkita Talgo-250 elektropoyezdini hamda to‘rtta ekonom-klass vagonlarini sotib olish bo‘yicha Ispaniyaning Patentes Talko S.L.U kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Xarid ispan kompaniyalarining korporativ xalqarolashtirish bo‘yicha jamg‘armasi krediti hisobiga ta’minlanadi.

Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda mamlakatda 17 ta shaharlararo temiryo‘l reyslari mavjud. O‘tgan yil davomida 4,7 million yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazilgan. Ularning 740 ming nafari “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlari xizmatidan foydalangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют