» » Estoniya Rossiyada o‘ziga tegishli hudud borligini ma’lum qildi

Estoniya Rossiyada o‘ziga tegishli hudud borligini ma’lum qildi


Rossiya Estoniyaga haligacha 5,2 foiz hududni qaytarib bermagan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Rossiya bizga bu hududni qaytarib berishni xohlamayapti. Na o‘rniga tovon puli to‘lagan, na bu mavzuda gaplashishni xohlaydi, — deydi estoniyalik siyosatchi Mart Xelme. — Biz Rossiya bilan urushmoqchi emasmiz”.

Ammo siyosatchi aynan qaysi hududni nazarda tutayotganini bildirmagan.

Rossiya elchixonasida vaziyatda darhol javob berilmadi. Rossiyaning diplomatik manbasiga ko‘ra, Xelme Ivangorod va Pskovskiy viloyati Pechorskiy tumanining bir qismi bo‘lgan hududni nazarda tutgan.

1920-yil 2-fevralda Sovet Rossiyasi va Estoniya o‘rtasida imzolangan Tartus tinchlik shartnomasiga ko‘ra, bu hududlar Estoniyaga tegishli. Lekin Estoniya 1940-yilda Sobiq ittifoqning tarkibiga kirgandan keyin bu hudud ham Rossiya sovet federative sotsial respublikasining tarkibiga kirib ketgan. Rossiya TIV bir necha bor Estoniya Sobiq ittifoq tarkibiga kirgach, Tartus tinchlik shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotganini aytgan.

2005-yilda11 yillik muzokaralardan so‘ng Estoniya—Rossiya chegara chiziqlari belgilab olingan. O‘sha payt chegara shartnomasi imzolangan, lekin u ratifikatsiya qilinganidan so‘ng Estoniya parlamenti deputatlari preambulaga Tartus tinchlik shartnomasini eslatuvchi bandlarni qo‘shgan. Bunday sharoitda Moskva o‘z imzosini bekor qilgan va chegara belgilash jarayoni qonuniy ravishda to‘liqsiz qolgan.

2012-yilda muzokaralar qayta tiklangan. 2014-yil fevral oyida Estoniya va Rossiya TIV rahbarlari shartnoma imzolagan. Shundan so‘ng shartnoma ikkala davlatning parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. KNP vakillari bir necha bor ratifikatsiyaga qarshi chiqqan. Ular chegara Tartus shartnomasiga ko‘ra o‘tishini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют