» » O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi Berlinda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini xotirladi

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi Berlinda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini xotirladi


9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi Berlinda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Germaniya poytaxtining Treptov parki va Tirgarten yodgorlik majmuasida 1941—1945-yillarda fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba uchun halok bo‘lgan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida noma’lum soldat haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Tadbirda urushda omon qolgan faxriylar, Germaniya hukumati a’zolari, Berlinda joylashgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari orasida O‘zbekistonni yaxshi tanigan, bilgan kishilar O‘zbekiston haqida o‘zlarining iliq taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar yodi uchun Qur’on tilovat qilindi.

Bundan 50 yilcha muqaddam men fuqaro aviatsiyasi uchuvchiligi yo‘nalishi bo‘yicha Leningrad aviatsiya texnikumida tahsil olganman. Talabalik davrimda Markaziy Osiyodan, xususan, O‘zbekistondan ham ko‘plab do‘stlar orttirganman. Keyinchalik uchuvchi sifatida ko‘p marotaba poytaxtingiz Toshkent shahrida bo‘ldim. Menda mamlakatingiz haqida faqat iliq xotiralar qolgan. Bugungi kunda ham O‘zbekistonda bir qancha do‘stlarim va tanishlarim yashashadi. Ular bilan doim aloqadaman. Shu bois mamlakatingizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlaridan voqifman.

Bugun men ushbu yodgorlik majmusasiga Ikkinchi jahon urushida jasorat va matonat ko‘rsatib, bizni fashizmdan ozod qilgan ota-bobolaringiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatish uchun keldim.

Ulrix Unger, sobiq uchuvchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют