» » Bo‘stonliq va Parkentda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga Malibu va Tracker’lar topshirildi

Bo‘stonliq va Parkentda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga Malibu va Tracker’lar topshirildi


Toshkent viloyatida joylashgan Bo‘stonliq va Parkent tumanlari IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining aynan tog‘li hududlarga xizmat ko‘rsatuvchi otryadiga uch dona Malibu va yettita Tracker avtomobillari ajratildi, deb xabar beradi O‘zA.

Mazkur avtomobillarning barchasi kerakli jihozlar bilan ta’minlanib, maxsus belgilar chizilib, patrul avtomobillariga aylantirilgan. Ularga yo‘l-patrul xizmatining tajribali xodimlari biriktirilgan.

“Endilikda ular viloyatning tog‘li hududlaridagi sayyohlik maskanlariga kelayotgan minglab sayyohlar va transport vositalari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Bu kabi avtomobillar xarid qilinishi viloyatning tog‘li hududlariga tashrif buyuradigan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash, ularning yo‘nalishlarini aniqlashtirib, joylarda xizmat olib borish uchun zarurligi bilan izohlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют