» » Superliga. “Lokomotiv” safarda “Metallurg”ni yuta olmadi

Superliga. “Lokomotiv” safarda “Metallurg”ni yuta olmadi


12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 8-turida Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Metallurg” maydoniga safar qildi.

Uchrashuv davomida hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0). Qayd etish joiz, o‘yinning 31-daqiqasida Toshkent klubi a’zosi Husniddin G‘ofurov hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “temoryo‘lchilar” 17 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 7-o‘rinda borayotgan “Metallurg” hisobida esa 11 ochko mavjud.

8-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Superliga

8-tur bahsi

12-may, yakshanba

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Islombek Isoqjonov, Bahrom Abdurahimov, Zohid Abdullayev, Muzaffar Muzaffarov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 46), Shavkat Mullajonov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev (Bahodir Pardayev, 61), Akbarjon Ismatullayev, Sergey Tumasyan (Suhrob Nurulloyev, 57)

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Aziz Haydarov (Diyorjon Turopov, 86), Jamshid Iskandarov (Aziz Omonov, 46), Temurxo‘ja Abduholiqov (Filipp Rayevats, 67), Husniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Arslonmurod Omonov

Ogohlantirishlar: Muzaffar Muzaffarov (34), Ibrohim Yo‘ldoshev (50)

Chetlatish: Husniddin G‘ofurov (31)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют