» » Farg‘onada toshdan qog‘oz ishlab chiqariladi

Farg‘onada toshdan qog‘oz ishlab chiqariladi


Farg‘ona viloyatida 2019—2020-yillarda qiymati 40,4 trillion so‘m bo‘lgan 624 ta yirik va o‘rta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi belgilangan bo‘lib, ular negizida 49 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mamlakatda hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida mazkur yo‘nalishdagi ishlarning ko‘lami yanada kengaymoqda. Davlat rahbari 6—7-may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishib, bu boradagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Viloyatga investitsiya olib kelish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir yil favqulodda safarbarlik e’lon qilindi.

Ayni kunlarda Farg‘ona shahrida Janubiy Koreyaning Chung Construction Design Group kompaniyasi investitsiyasi hisobiga 500 o‘rinli besh yulduzli mehmonxona, zamonaviy savdo va biznes anjumanlar o‘tkazish majmuasi barpo etish ishlari boshlanmoqda. Qo‘qon shahridagi “Yigitov klinik” xususiy korxonasida innovatsion jarrohlik markazi, Farg‘ona tumanidagi Fergana frans qo‘shma korxonasida Welcome to Uzbekistan brendi ostida eko va vino turizmini tashkil etish, Dang‘ara tumanidagi “Agro grin siti” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 12 gektar yer maydoniga gidroponika usulida issiqxona, Oltiariq tumanidagi Eco export Trade mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan logistika markazi tashkil etish loyihalari ishga tushiriladi.

Joriy yilda Investitsiya dasturiga kiritilgan hududiy loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga viloyat iqtisodiyotiga jalb etiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdorini 42 ta loyihalarda 312,7 million dollarga yetkazish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Ayni kunlarda Farg‘ona shahrida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqarish innovatsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatdagi qog‘oz xomashyosiga bir yillik ehtiyoj jami 350 ming tonna bo‘lsa, shundan 120 ming tonnadan ziyodi ofset va gazeta qog‘ozidir. Kitob, jurnal, gazeta, o‘quv daftari, ofis qog‘ozi va boshqa oq qog‘oz va bosma mahsulotlari aynan ofset va gazeta qog‘ozidan ishlab chiqariladi. Qog‘oz mahsulotlari asosan xorijdan olib kelinmoqda. Mazkur loyiha esa import o‘rnini kamaytirish, mahalliy xom ashyodan sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan ahamiyatlidir. Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniyev 25—27-aprel kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etib, loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolagan.

Innovatsion loyihaning umumiy qiymati 7 million dollar bo‘lib, u Xitoyning Ningbo Stone Paper Environmental Friendly Materials Co.LTD kompaniyasi va “Sayqal” savdo ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona ishga tushgach, bir yilda bu yerda 9 ming tonna qog‘oz ishlab chiqarilib, 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

“Bugungi kunda sifatli tosh qog‘oz mahsulotlariga talab butun dunyoda ortib bormoqda, – deydi loyiha tashabbuskori Abdurahmon Niyozov. – Sababi unda ekologiyaga hech qanday zarar yetmaydi, balki oddiy tosh yoki kalsiydan foydalaniladi. Lekin tosh qog‘ozning sifati sellyuloza qog‘oznikidan butunlay farq qiladi. Biz yurtimizdagi qog‘oz xom ashyosiga bo‘lgan bir yillik ehtiyojni o‘rganib chiqdik. Kitob, jurnal, gazeta, o‘quv daftari, ofis qog‘ozi va bosma mahsulotlari aynan ofset va gazeta qog‘ozidan ishlab chiqariladi. Matbaa korxonalarida asosan chet el qog‘ozlari ishlatiladi. Mazkur loyiha ishga tushgach esa, o‘zimizning mahalliy xom ashyodan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqariladi. Ichki bozor bilan birgalikda tashqi bozorga ham mahsulotlar eksport qilinadi. Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chog‘ida innovatsion loyihamizning taqdimotini o‘tkazgan edik”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют