» » Toshkentda 1 hafta ichida 15 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etildi

Toshkentda 1 hafta ichida 15 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etildi


O‘tgan hafta davomida Toshkent yo‘llarida Yo‘l harakati qoidalari 15 363 marta buzilganligi IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan qayd etildi, shulardan 2 799 tasida qoidalar qo‘pol tarzda buzilgan. Bu haqda Toshkent shahr IIBB xabar berdi.

Transport vositasini spirtli ichimlik ta’siri ostida boshqarish – haydovchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan eng xavfli xato hisoblanadi. 2019-yilning 6-may kunidan 12-maygacha bu kabi qoidabuzarliklar 27 marta qayd etildi.

Svetoforning taqiqlovchi belgisini mensimaslik bilan bog‘liq qoidabuzarlik Toshkent shahar YHXB inspektorlari tomonidan 150 marta qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, mumkin bo‘lmagan vaqtda chorrahani kesib o‘tish – nafaqat yuqoridagi kodeksning 128-4-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilishiga sabab bo‘lishi, balki jiddiy YTH tug‘dirishi mumkin.

Transport vositasini boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning yo‘qligi qayd etilgan muddat davomida 286 marta Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilishiga sabab bo‘ldi. Texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish va sug‘urta polisini yangilash yo‘lda ortiqcha bosh og‘rig‘isiz harakatlanishga yordam bo‘ladi.

Shu sababga ko‘ra yangi xarid qilingan avtomobilni YHXBda o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish darkor: 6-may kunidan 12-maygacha haydovchilar tomonidan bu kamchilikka yo‘l qo‘yilganiga 128 marta guvoh bo‘lindi. Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi (3-q.)ga muvofiq, haydovchilarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarishlari jarima solinishiga hamda avtomobilni jarima maydonchasiga tushishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda transport vositalarini ushbu transportga tegishli bo‘lmagan qalbaki yoki boshqa uslub bilan o‘zgartirilgan davlat raqamlar bilan boshqarish, Kodeksning yuqoridagi moddasiga ko‘ra eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi, ammo YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida bu kabi holatlar hafta davomida ikki marta uchradi xolos.

Yo‘ldagi jiddiy muammolardan biri – avtomobil boshqarish vaqtida e’tibori smartfonlarda bo‘lgan haydovchilardir. Avtomobil boshqaruvi vaqtida telefon orqali so‘zlashish hafta davomida 141 marta qayd etilgan bo‘lsa, videomonitordan foydalanish – 5 marta qayd etildi.

Transport vositasini piyodalar yo‘lakchalari bo‘ylab boshqarish qoidabuzarligi hafta davomida 179 marta qayd etildi. Ushbu qoidabuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga muvofiq solinadigan jarima miqdori EKIHning ? dan 4 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi. Agar ushbu qoidabuzarlik bir yil davomida to‘rt marta sodir etilsa, surunkali qoidabuzar haydovchilik guvohnomasidan olti oy muddatga mahrum bo‘ladi.

Piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi hanuz uchrab turmoqda: o‘tgan hafta davomida bunday holatlar 1 241 marta qayd etildi.

Transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisalari YPX inspektorlari tomonidan hafta davomida 531 marta qayd etildi. Kichik to‘qnashuvlarning aybdorlarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasiga muvofiq eng kam ish haqining 2 baravaridan to‘rt baravarigacha jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga mahrum bo‘lish kutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют