» » 18 yoshli Abdug‘affor oqqondan aziyat chekmoqda. U saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj!

18 yoshli Abdug‘affor oqqondan aziyat chekmoqda. U saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj!


Namangan viloyatida tug‘ilgan Abdug‘affor Abdug‘aniyev 2018-yilda shamollab qoladi, limfa bezlari kattalashadi. Unga shifokorlar suyak kasali deb tashxis qo‘ygan. Shu tashxis bo‘yicha 5 kun muolaja olgan. Biroq ahvolida o‘zgarish bo‘lmagan. Issig‘i chiqib, burnidan qon keta boshlaydi. Davolanish 12 kun davom ettirildi, qon to‘xtamadi, issig‘i tushmadi.

Shundan so‘ng Toshkentdagi gematologiya shifoonasiga olib kelindi. Moskvaga tahlillar yuborildi. U yerdan oqqon tashxisi degan xulosa keldi. Davolanish muolajalari boshlandi. 1-kurs muolajalarga 60 million pul sarflandi. Kasallik shu bilan chekinib qolmadi, davolanishni davom ettirish kerak, lekin oilada dori-darmonga pul yo‘q. shundan so‘ng Abdug‘afforning ota-onasi davlatdan 15 million kredit olishga majbur bo‘ldi. Dorilar 12 kunga yetdi. Dorixonalardan qarzga olib, uchinchi kursni tamomlashdi.

Abdug‘afforning onasining aytishicha, hali oldinda 4 ta kurs bor.

“Barcha saxovatpesha insonlardan imkon qadar yordam so‘rab qolaman” deya so‘zlarini yakunlaydi Abdug‘afforning onasi.

Xayriya qilish uchun ma’lumotlar:

Click, Payme: 8600 0424 9450 1439

Onasining telefon raqami: 99 511 39 35



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют