» » Buxoroda Isroil texnologiyasi asosida havodan suv oluvchi generator o‘rnatildi

Buxoroda Isroil texnologiyasi asosida havodan suv oluvchi generator o‘rnatildi


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Isroilning Watergen kompaniyasi va Xolon texnologiyalar instituti hamkorligida 14-may kuni Buxoro shahrida “Gen-350” havo-suv generatori o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Havo namligidan foydalangan holda toza ichimlik suvini hosil qiluvchi mazkur qurilma sutkada o‘rtacha 900 litrgacha toza suv ishlab chiqaradi. Watergen texnologiyasi asosidagi qurilmalar dunyodagi eng kam energiya sarflovchi havo-suv generatorlari bo‘lib, kam quvvat iste’moli bilan ko‘proq suv hosil qilish imkonini beradi. Qurilma, shuningdek, bir nechta to‘siqli filtr kaskadlar yordamida havoni filtrlaydi.

Cho‘l hududlarida suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, biologik tizimni muvozanatga keltirish, o‘simlik va hayvonot dunyosini suv bilan ta’minlash maqsadida havodan suv olish loyihasini amalda sinash respublika uchun o‘ta muhim sanaladi. Ushbu qurilma Innovatsion rivojlanish vazirligi boshchiligida tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazish uchun ilk bor Buxoro shahrida o‘rnatildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Isroil delegatsiyasi bilan uchrashuvi davomida ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda 2 oydan so‘ng Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ham qurilmani amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildi. Vazir, shuningdek, kelgusida har bir xonadon uchun mo‘ljallangan havo namligidan foydalangan holda toza ichimlik suvini hosil qiluvchi kichik hajmdagi havo-suv generatori qurilmalarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy takliflar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 124) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют