» » O‘zbekistonda band bo‘lmagan aholi yangi kasblarni egallaydi

O‘zbekistonda band bo‘lmagan aholi yangi kasblarni egallaydi


O‘zbekistonda band bo‘lmagan aholi yangi kasblarni egallaydi, buning uchun DXSh shartlarida kasbga o‘qitish markazlari tashkil etiladi, bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 394-son qarorida nazarda tutilgan. Bu haqda Norma xabar berdi. 

Kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (bundan keyin – Milliy tizim) joriy etiladi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni DXSh shartlari asosida tayyorlash tartibi eksperiment sifatida joriy qilinadi. Buning uchun maxsus Ishchi guruh tuziladi, uning vazifalari:

O‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash muddati – 2 yilgacha, ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash muddati – 9 oygacha.

Kasbga o‘qitish markazlari va baholash markazlarini tashkil etishda ishtirok etayotgan investorlarga quyidagi turdagi davlat yordami ko‘rsatilishi mumkin:

Markazlarni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq investorlarga berilgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishmasdan olib qo‘yish taqiqlanadi.

Mehnat vazirligi huzurida Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi, davlat boshqaruvi organlari huzurida kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari tashkil etiladi. Respublika kengashining asosiy vazifalari:

Tarmoq kengashlarining vazifasi – kasbiy bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda berish imkonini beradigan aniq mutaxassisliklar (kasblar) bo‘yicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish.

Toshkentning Yashnobod tumanida eksperiment tarzida tashkil etilayotgan band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Ishga marhamat” monomarkazi negizida World Skills (maqsadi ishchi kasblarning nufuzini oshirish va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘lgan xalqaro notijorat harakati) metodologiyasiga muvofiq DXSh shartlari asosida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni baholash tizimi joriy etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2019-yil 14-maydan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 1) ( 83) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...