» » O‘zbekistonda Akkreditatsiya markazi xorijiy ekspertlar bilan hamkorlik qilmoqda

O‘zbekistonda Akkreditatsiya markazi xorijiy ekspertlar bilan hamkorlik qilmoqda


Markaz tashabbusi bilan Germaniyaning fizik-texnik Federal instituti (PTB) eksperti, ILAC va IAF orqali akkreditatsiya xizmatlarini o‘zaro tan olinishga erishish bo‘yicha 30 qadam konsepsiyasi muallifi Manfred Kindler Akkreditatsiya markazini xalqaro tashkilotlarga a’zoligiga erishish uchun xalqaro ekspert sifatida taklif etildi. Bu haqda Akkreditatsiya markazi “Daryo”ga xabar berdi.

Ushbu konsepsiya Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining milliy akkreditatsiya tizimini baholash jarayonida samarali qo‘llanilib kelinmoqda.

Asosiy e’tibor O‘zbekistonda muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda akkreditatsiya jarayonining shaffofligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro me’yorlar va mezonlarga muvofiq rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilishga qaratildi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra Markazning APAC, ILAC va IAF kabi xalqaro tashkilotlarning to‘laqonli a’zosi sifatida tan olinishiga erishish masalalarida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Ushbu xalqaro tashkilotlarga to‘laqonli a’zolik orqali, Markaz tomonidan akkreditatsiya qilinadigan muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan beradigan xulosalar xorijiy davlatlarda tan olinish imkonini yaratiladi.

Bu esa respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport salohiyati ortishini hamda milliy mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatlashishini ta’minlashga zamin yaratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют