» » Jizzaxda “Orol dengizi fojiasi” deb nomlangan ko‘chma foto-ko‘rgazma o‘tkazilmoqda

Jizzaxda “Orol dengizi fojiasi” deb nomlangan ko‘chma foto-ko‘rgazma o‘tkazilmoqda


Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Orol dengizi fojiasi” deb nomlangan ko‘chma foto-ko‘rgazma tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma fuqarolar, xususan, yoshlar o‘rtasida ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga e’tiborni kuchaytirish, Orol dengizi fojiasi asoratlarini yumshatish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan aholi tanishtirishga xizmat qiladi.

Orol dengizining qurishi mintaqa aholisining eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dengiz qurishi oqibatida sho‘rlanishning tezlashuvi so‘nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydonini yaroqsiz holga keltirgan.

Orol fojiasi asoratlarini yumshatish maqsadida O‘zbekistonda ta’sirchan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili Nukus shahridan 400 kilometr olisdagi Vozrojdeniye orolining “Shag‘ala” deb nomlanuvchi hududidan – Orol dengizining qurigan maydonidan ichishga yaroqli suv topilgan edi. Chuchuk suv manbasi Janubiy Orololdi artezian havzasining Bo‘r davri yotqiziqlarida, yani 260—280 metr chuqurlikda aniqlangan. Orolbo‘yi dala gidrogeologik ekspeditsiyasi tomonidan joriy yilda Mo‘ynoq tumani hududidagi Vozrojdeniye oroli, Surg‘il, Axantay tekisliklarida yana 40 ta suv ko‘zlarini ochish rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma 31-mayga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют