» » Dunyoning eng badavlat kishisi otasi bilan tushgan suratini e’lon qildi

Dunyoning eng badavlat kishisi otasi bilan tushgan suratini e’lon qildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Forbes sahifasida hozirda dunyoning eng badavlat kishisi bo‘lgan Jef Bezosning otasi bilan tushgan surati paydo bo‘ldi.

Mazkur surat Ozodlik haykalining yangi tarix muzeyi ochilish marosimida olingan.

Milliarderning otasi Migel — kubalik muxojir. U 16 yoshida “Piter Pen” operatsiyasi sharofati bilan AQShga kelib qolgan. 1960-yillar boshida amalga oshirilgan ushbu operatsiya natijasida mamlakatga 14 ming nafar bola olib kelingan edi.

Amerikaga kelgan Migel ingliz tilida faqat “hamburger” so‘zini bilgan. Shu yerda til o‘rgangan, ta’lim olgan va o‘shanda uch yoshda bo‘lgan Jeffning onasiga uylangan. Migel bolani ham asrab olib, uni o‘z o‘g‘lidek tarbiyalagan. Jeff Bezos o‘n yoshga to‘lganida Migel o‘zining haqiqiy otasi emasligi haqidagi haqiqatni bilgan.

Mavzuga doir: Jeff Bezos ajrashdi. Uning rafiqasi Amazon’ning 36 mlrd dollariga ega bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют