» » Toshkent viloyati XTB “Davr”da efirga uzatilgan tanqidiy lavha yuzasidan axborot berdi (video)

Toshkent viloyati XTB “Davr”da efirga uzatilgan tanqidiy lavha yuzasidan axborot berdi (video)


“Yoshlar” telekanalining “Davr” information-tahliliy dasturida Toshkent viloyatidagi maktablarning sport zallarining holati qoniqarsiz ekanligi haqida lavha efirga uzatilgan edi. Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi ushbu lavha yuzasidan rasmiy axborotni “Daryo”ga taqdim etdi.

2018-yilda Investitsiya dasturi doirasida 26 maktablarda 70,3 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi (4 ta yangi qurildi, 14 ta rekonstruksiya va 8 ta mukammal ta’mirlandi).

2018-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 37 ta maktablarda 30,3 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 3,5 milliard so‘m hisobiga 1 ta maktab qurib foydalanishga topshirildi.

2019-yilda Investitsiya dasturiga binoan 49 ta maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlariga jami 73,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

2019-yilda “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 21 ta maktablarda qurilish ta’mirlash ishlariga 40,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Toshkent viloyati xalq ta’limi tizimida videolavhada tilga olingan va undan tashqari yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjud:

Ohangaron shahrida 600 ta yangi xonadonlar qurilgan bo‘lib, mazkur hududda faoliyat ko‘rsatayotgan 120 o‘rinli binoda joylashgan 9-umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish yo‘li bilan quvvatini oshirish talab etiladi.

Viloyatdagi 301 ta maktablarning atrofi to‘liq o‘ralmagan bo‘lib,4 ta umumta’lim maktablari (Oqqo‘rg‘on tumanidagi 40-sonli, Parkent tumanidagi 6-sonli, Quyichirchiq tumanidagi 8-sonli, Yuqorichirchiq tumani 40-sonli maktablar) xom-g‘isht hamda yog‘och karkasli binolarda joylashgan, Bo‘ka tumanidagi 39-sonli maktabning binosi avariya holatiga kelgan.

211 ta maktablarning sport zali yo‘q va jismoniy tarbiya darslari asosan maktab hovlisidagi ochiq stadion maydonlarida, kuz-qish mavsumida nazariy mashg‘ulotlar vaqtincha sinf xonalarida amalga oshirilib kelinmoqda.

Bundan tashqari, mavjud 93 ta maktab filiallaridan 21 taning binosi xom g‘isht va paxsadan hashar yo‘li bilan qurilgan. Maktablarning 53 tasi 1936—1960 yillar oralig‘ida qurilgan bo‘lib, ularning bugungi holati ta’mirlash ishlariga ham yaroqsiz holatga kelib qolgan. Viloyat xalq ta’limi hamda 7 ta tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining ma’muriy binolari yo‘q. 71 ta maktabda o‘quvchilar 2 va undan ortiq koeffitsiyentda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mavjud muammolar amaldagi qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq byudjet mablag‘lari hisobidan, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining sa’y-harakatlariga ko‘ra mahalliy budjet mablag‘lari va homiy tashkilotlar ko‘magida tuzilgan rejaga muvofiq bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur masalani alohida e’tiborga olib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют