» » Bajarilsa bizning shart, g‘o‘zaga tegmaydi gard!

Bajarilsa bizning shart, g‘o‘zaga tegmaydi gard!


Ekin parvarishi davrida rizq-ro‘zingizni asrang: “Ifoda” o‘z mahsulotlarini taklif etadi

Bugun mamlakat bo‘ylab ziroatchilik o‘zining mas’uliyatli pallasiga kirgan: kimdir ona zaminga qadalgan rizq-ro‘zini turfa hasharot-u zararkunandadan himoyalash qayg‘usida, yana kimdir ajriq bosgan dalasini begona o‘tlardan tozalay olmay, boshi qotgan bo‘lishi mumkin. Bunda dehqon va fermerlarimizga “Ifoda” savdo belgisi o‘z ko‘magini tavsiya qiladi.

Quyida preparatlarni uch turga bo‘lgan holda, ya’ni zararkunandalar va hasharotlardan himoyalaydigan, begona o‘tlarga qarshi hamda bevosita o‘simliklarning o‘ziga quvvat beradigan turlarini ajratgan holda, akaritsid, insektitsid, gerbitsid va stimulyator haqida ma’lumot berishni lozim topdik. Demak ...

Kemiruvchi va suruvchi zararkunandalardan tezda qutulamiz.

1. O‘simlikxo‘r kanalarga qarshi qo‘llaniladigan samarali akaritsidlardan biri – “Akaragold”dir.

U o‘n yillar davomida dunyoning 60 dan ortiq davlatida – 40 dan ortiq ekin turlarida qo‘llanildi va kanalarga qarshi yuqori samarali preparat, deya e’tirof etildi. Bog‘ va dala ekinlarida, ayniqsa, g‘o‘zada – kanalarning barcha harakatchan fazalarida, ya’ni ular lichinka holida bo‘lishidan tortib, yetilishigacha bo‘lgan davrida juda yuqori samara beradi. Darvoqe, ushbu preparat ko‘p turdagi o‘simlikxo‘r kanalarga samarali ta’sir qilishi bilan birga, uni issiq haroratda ham qo‘llash mumkin.

2. Issiq sharoitda, to‘g‘rirog‘i, harorat 35 darajadan yuqori bo‘lganda ham o‘z ta’sirini pasaytirmaydigan, atrof-muhit va foydali hashorotlarga kam zararli hisoblangan, boz ustiga, g‘o‘za, pomidor, bog‘, tok va sabzavot ekinlarida zarar keltiruvchi tangacha qanotlilarga qarshi yuqori samarali vositalardan yana biri – “PROTEKT” insektitsidi hisoblanadi.

Mazkur kimyoviy vosita ekinlarni faol o‘suv davrida, zararkunandalar rivojlanishining boshlang‘ich fazasida qo‘llanilsa, ayniqsa, yuqori samara beradi. Preparatni ekin turlariga qarab – 10-15 kun oralatib, 2-3 marta qo‘llash mumkin.

3. “SPIROMEKTIN” akaritsidi. Mazkur preparat ham o‘simlikxo‘r kanalarga qarshi kurashishda samarali ta’sirga ega. Uning tarkibidagi faol moddalar o‘simlik barglariga singib kira olishi sababli, bargning orqa qismiga joylashgan kanalar va g‘ovaklovchi hashorotlar lichinkalariga ham qaqshatqich ta’sir ko‘rsatadi.

Darvoqe, ushbu akaritsid o‘z muddatlarida va sifatli qo‘llanilganda, zararkunandalarning ekinlarga keltiradigan zararini oldini olish hisobiga, boshqa maydonlarga nisbatan 30 foizgacha qo‘shimcha hosil olish mumkin.

4. “ENTOVANT” insektitsidi – ko‘sak qurtini yo‘qotishda tengi yo‘q vositadir. Xavflilik darajasi o‘ta kam, ya’ni III-sinfga mansub bo‘lgan ushbu kimyoviy vosita g‘o‘za tunlami (ko‘sak qurti), tut parvonasi, shingil barg o‘rari va olma mevaxo‘riga qarshi samarali insektitsid hisoblanadi. U bir vaqtning o‘zida – zararkunanda kapalaklarining tuxumlari va ularning qurtlari bilan baravar kurashadi, qurtlarning hamma turdagi va yoshdagilariga birdek ta’sir qiladi.

Uning yana bir o‘ziga xosligi – asalari, trixogramma, brakon, oltinko‘z va boshqa shu kabi foydali hasharotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligida.

Hosilga hosil qo‘shish vositalari:

1. Shundan kimyoviy preparatlardan biri “ZELDEK EKSTRA” bo‘lib, u ajriq va g‘umayni yo‘q qilishda eng samarali gerbitsid hisoblanadi.

Basharti Siz – g‘o‘za, lavlagi, piyoz, sabzi, pomidor, kartoshka, no‘xat, yeryong‘oq va boshqa ekinlar bilan dehqonchilik qilaman, desangiz, aynan ushbu vosita – bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi yuqori samara beradi.

Qo‘llanilishi oddiy: ajriq, g‘umay, qorasuli, tulkiquyruq, qorakurmak, itqo‘noq, beshbarmoq, mastak kabi begona o‘t-o‘lanlarga qarshi, madaniy ekinlar gullagunga qadar dalaga yoppasiga purkaladi.

O‘zingiz ham guvohi bo‘lishingiz mumkinki, qo‘llanilgandan 5-10 kun o‘tgach, begona o‘tning o‘suv nuqtasi – to‘q jigarrang, yuqori barglari – qizg‘ish tusga kira boshlaydi. 14-21 kun ichida, havo haroratiga qarab, gerbitsidning ta’siri yaqqol namoyon bo‘ladi – boshoqli begona o‘tlar quriydi. Siz esa katta bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lasiz...

2. “Entojean” – o‘sish va rivojlanishni boshqaruvchi kimyoviy vosita hisoblanadi. Mazkur preparat g‘o‘za g‘ovlab ketishining oldini oladi. Buning natijasida g‘o‘zaning pastki qismida asosiy ko‘saklar paydo bo‘lib, ular erta ochiladi va yuqori hosil olishga imkon yaratiladi. Darvoqe, kimyoviy vosita g‘o‘za o‘sishini boshqarish uchun – bir mavsumda 3 marta ishlatiladi.

Preparatning afzalligi juda ko‘p

Bordi-yu, sizda mazkur kimyoviy vositalarni qayerdan xarid qilish, qolaversa, ularni qo‘llash muddati, ta’sir etish mexanizmlari, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri, iqtisodiy samaradorligi, tayyorlash tartibi va sarf-me’yori bilan bog‘liq hamda boshqa qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, qo‘yidagi bog‘lanish vositalariga murojaat qiling:

Call-center: (+998 78) 147 05 00

Malakali agronom mutaxassislarimizdan maslahat oling: @ifodaagroconsulting

Unutmang, “Ifoda” – birgalikda yetishtiramiz.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют