» » Maktablarda remont uchun pul yigilishi togrimi?

Maktablarda remont uchun pul yigilishi togrimi?


Maktablarda pul yigilishi togrimi? Metallolom va hokazo uchun bir yilda ancha-muncha summa berib qoyiladi. Hech bir mezonlarda korsatilmagan va hech qayerda qayd qilinmaydigan ushbu mablaglarni ota-onalardan talab qilish qonuniymi? Shunday sharoitda fuqarolar qanday yol tutishlari kerak? Ushbu savollarga Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali javob beradi.

Savol: Maktab oquvchilar va oqituvchilardan tamirlash uchun pul talab qilishga haqlimi? Maktabda 1200 nafar oquvchi oqiydi, 25 ta oqituvchi dars beradi. Oquvchilardan 15 000 som, oqituvchilardan 10 000 somdan mablag yigib olinyapti. Yana ota-onalarning ayrimlari kongilli ravishda homiylik yordami sifatida qurilish mollari ham keltirib beryaptilar. Bu yigilgan pullar maktabning hisob raqamiga otkaziladimi yoki maktab rahbarlarinng chontagiga borib tushadimi?

Maktablar va boshqa talim muassasalari tomonidan tamirlash uchun oquvchi va oqituvchilardan pul yigilishi noqonuniy hisoblanadi.

Konstitutsiyaning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy talim davlat tomonidan kafolatlanishi belgilangan.

Ayrim ota-onalar bu pulni ogrinmay bersa-da, kopchilikda norozilik tugiladi. Lekin atrofdagilarning bosimi va farzandiga oqituvchining munosabati ozgarmasmikan degan oy bilan ota-onalar ushbu asossiz tolovlarga rozi boladi.

Talim togrisidagi Qonunda jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, etiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Ozbekiston hududida qancha vaqt yashayotganidan qati nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanishi belgilangan.

Aslida maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun byudjetdan pul mablaglari ajratiladi. Prezidentning 2018-yil 5-sentabrdagi qaroriga muvofiq Xalq talimini rivojlantirish jamgarmasi tashkil etilgan.

Mazkur jamgarmaning asosiy vazifalaridan biri umumtalim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash, shu jumladan zarurat bolganda oquv korpuslarini oquv ustaxonalari va laboratoriyalar tashkil etgan holda kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obektlarini barpo etish boyicha ishlarni moliyalashtirish hisoblanadi.

Umumiy orta talim togrisida nizomga muvofiq, maktablar faoliyatini moliyalashtirish tegishli xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ozbekiston Respublikasida umumiy orta talimni tashkil etish togrisidagi 1998-yil 13-mayda qabul qilingan Hukumat qaroriga muvofiq Xalq talimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-avgustga qadar maktablar moddiy-texnika bazasini tayyorlashni, oquvchilar uchun zarur sanitariya-maishiy va ijtimoiy sharoitlar yaratilishini taminlashi zarur.

Shunday ekan, ajratilgan mablaglarning oz manziliga toliq yetib borishida nafaqat davlat nazorat organlari, balki jamoatchilik, xususan, ota-onalarning ham hushyorligi va masalaga masuliyat bilan yondashuvi talab etiladi. Pul soralganda asos talab qilish, ajratilayotgan mablaglar qayerga ketayotgani bilan qiziqish, zarur orinlarda tegishli organlarga murojaat qilish orqali ota-onalar jamoasi mazkur maishiy korrupsiyaga qarshi qonuniy yol bilan kurashishlari va ushbu illatga uzil-kesil barham berilishiga hissa qoshishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-05-2019, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -