» » O‘zbekistonning asosiy suv obyektlarida Smart Water tizimi joriy qilinadi

O‘zbekistonning asosiy suv obyektlarida Smart Water tizimi joriy qilinadi


O‘zbekistonning asosiy suv obyektlarida zamonaviy Smart Water (“Aqlli suv”) tizimi joriy qilinmoqda. Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) grant mablag‘i evaziga moliyalashtirilyapti. Loyihaga ko‘ra, respublikaning 61 ta obyektlariga manbadagi suv sarfini real vaqt rejimida (onlayn) kuzatish imkonini beruvchi tizim o‘rnatiladi.

Loyiha doirasida Janubiy Koreyadan uskunalar olib kelinib, 16 ta suv ombori, 45 ta kanalning boshlanish qismlariga o‘rnatiladi.

Smart Water tizimining zamonaviy qurilmalari obyektdagi suv sarfi, ob-havo, yog‘ingarchilik va boshqa ma’lumotlarni foto va videomateriallar shaklida onlayn rejimda avtomatik tarzda vazirlikda tashkil etilgan yagona monitoring va kuzatuv markaziga uzatib turadi.

Ushbu ma’lumotlar tezkor qayta ishlanib, kerakli foydalanuvchilarga internet yoki lokal aloqa orqali uzatilishi mumkin.

Kelgusida Smart Water tizimini respublikaning barcha sug‘orish tarmoqlariga keng tatbiq etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют