» » Kaliforniyaning Monterey ko‘rfazida baliqchilar qayig‘i yonidan ulkan kit suzib chiqdi (video)

Kaliforniyaning Monterey ko‘rfazida baliqchilar qayig‘i yonidan ulkan kit suzib chiqdi (video)


Kaliforniyadagi Monterey ko‘rfazidagi baliqchilar qayig‘i oldidan ulkan kit suzib chiqdi, deb yozadi TravelAsk nashri. Kitlarning migratsiyasini kuzatishga kelgan sayyohlar ulkan kitning baliqchilar qayig‘i oldidan suzib chiqib, yuqorilaganini videoga muhrladi.

Xabar berilishicha, Monterey ko‘rfazida ko‘plab dengiz sutemizuvchilar yashaydi. Shuningdek, ko‘rfaz yirik kitlarning migratsiya qiladigan yo‘lida joylashgan.

Ushbu onlar muhrlangan yorqin suratlar muallifi fotograf Duglas Kraft hamda kitlar kuzatuvchisi Keyt Kammings bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, balog‘atga yetgan kitning og‘irligi 30 tonnagacha yetib, uzunligi 12 metrdan 16 metrgacha yetishi mumkin. Kitlar aktiv bo‘lib, muloqotga moyilligi sabab, kit kuzatuvchilarining yoqimtoyi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют