» » Fattoh Shodiyev: “Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali ochilishini orzu ham qilmagan edik”

Fattoh Shodiyev: “Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali ochilishini orzu ham qilmagan edik”


Toshkent shahri Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda 32 mamlakatning hukumat, parlament a’zolari, siyosatchilar, diplomatlar, yirik xorijiy kompaniyalar rahbarlari va MDXMI vakillari qatnashmoqda. Ularni Rossiyadagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasasi — MDXMIda kechgan talabalik yillari birlashtirib turadi, deb yozadi O‘zA.

Forumning ochilishida Yevroosiyo banki direktorlar kengashi, MDXMI Vasiylik kengashi a’zosi, Eurasian Resources Group kompaniyasi asoschilaridan biri Fattoh Shodiyev ham so‘zga chiqdi.

F.Shodiyevning qayd etishicha, 75 yillik tarixga ega MDXMI ning ilk to‘laqonli filiali aynan Toshkentda ochilayotgani O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarida o‘ziga xos voqelikdir.

- Men ushbu ta’lim dargohida eng yaxshi talabalik yillarimni o‘tkazganman, - dedi F.Shodiyev. - Biz o‘zbek bitiruvchilari bir kun kelib Toshkentda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining filiali ochilishi mumkinligini orzu ham qilmagandik. Bu O‘zbekiston yoshlari uchun katta imkoniyatdir. Men bundan juda-juda mamnunman!

Bugungi qadar MDXMIni 400 dan ziyod o‘zbekistonlik bitirgan. Ular orasida davlat arboblari, olimlar, yirik ishbilarmonlar bor. Ikkinchi jahon urushi faxriysi, olim Qo‘chqor Xonnazarov, USM Holdings asoschisi, MDXMIning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Usmonov, Yevroosiyo banki direktorlar kengashi a’zosi, Eurasian Resources Group Sa.r.I (ERG) kompaniyasi asoschilaridan Fattoh Shodiyev shular jumlasidan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15-iyunidan MDXMIning Toshkent filialga qabul boshlanadi, dastlabki o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha 75 ta talaba qabul qilish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют