» » “Gazprombank” vitse-prezidenti O‘zbekiston obligatsiyalarini rublda chiqarishni taklif qildi

“Gazprombank” vitse-prezidenti O‘zbekiston obligatsiyalarini rublda chiqarishni taklif qildi


MGIMO bitiruvchilarining Toshkentdagi V xalqaro forumida ishtirok etgan “Gazprombank”ning birinchi vitse-prezidenti Denis Shulakov O‘zbekiston obligatsiyalarini rublda chiqarishni taklif qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shulakovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi yoshlar ekanligi investorlarni qiziqtirmoqda.

“So‘nggi vaqtlarda ?zbekiston importi ichki holatni to‘liq modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan. Bu to‘g‘ri yo‘nalishli tadbir”, dedi u.

“Gazprombank” vitse-prezidenti, shuningdek, Toshkentni Markaziy Osiyoning moliyaviy markazi sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning ilk xalqaro obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirilgan, 1 milliard dollarlik obligatsiyalarga yakunda 3,8 milliard dollarlik talab bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют