» » BMT AQShning “yadroviy tobuti” haqida ogohlantirdi

BMT AQShning “yadroviy tobuti” haqida ogohlantirdi


AQShda yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazish vaqtida hosil bo‘lgan radioaktiv chiqindilar Tinch okeaniga borib tushishi mumkin. Bu haqda BTM bosh kotibi Antoniu Gutterish ma’lum qildi, deb xabar beradi Fox News.

Gap Ranit orolidagi radioaktiv chiqindilar uyumi haqida ketmoqda. Bu yerda 1948-yildan 1958-yilga qadar yadroviy portlashlar amalga oshirilgan, keyinroq o‘tkazilgan sinovlar natijasida esa tuproq ham ifloslangan. Gutterishning so‘zlariga qaraganda, ayni vaqtda u yerda saqlanayotgan radioaktiv chiqindilar dengizga borib qo‘shilishi mumkin.

Beton krater bilan quyib tashlangan radioaktiv chiqindilar “yadroviy tobut” nomini olgan. 1970-yilda qurilgan sement gumbazning qalinligi 43 santimetr bo‘lib, vaqtinchalik chora sifatida qo‘llanilgan. Biroq AQSh hukumati keyinroq uni zararlangan tuproqni saqlash uchun ishonchli deya baholangan.

Marshall orollari prezidenti Xilda Xayn gumbazda yoriqlar paydo bo‘lgani hamda tropik siklonlar oqibatida u butkul vayron bo‘lishi mumkinligi haqida Gutterishni ogohlantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют