» » Xorazm lazgisi va o‘zbek kashtachiligi YuNESKOning reprezentativ ro‘yxatiga kiritiladi

Xorazm lazgisi va o‘zbek kashtachiligi YuNESKOning reprezentativ ro‘yxatiga kiritiladi


Toshkentdagi Milliy matbuot markazida “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot ajumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda fan, madaniyat, san’at vakillari ishtirok etdi va tadbir haqida fikr bildirdi.

“Markaz faoliyati Vatan kelajagi uchun daxldor, deb bilaman. ‘Umrboqiy meros’ O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi hali tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo ma’naviyatimiz rivoji uchun, ma’rifatimiz asosi uchun qator ishlarni amalga oshirdi. Xalqimizning yuksak madaniyati, betakror san’ati, o‘lmas qadriyatlari, beqiyos hunarmandchiligi, nomoddiy madaniy merosini nafaqat respublikada va balki butun dunyoga targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Ko‘tarilayotgan vazifalar ustuvor va millat manfaatlarini himoya qiladi. Bu yo‘lda yangi markazga faqat omad va zafardar tilayman”, — deydi O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori Mirza Azizov.

“Markaz YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ‘Madaniyat va ma’rifat’ telekanali, ‘Yuksalish’ umummilliy harakati, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Shayxontohur tumani bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda hakorlik qilib kelmoqda. Qisqa muddat ichida mamlakatimizning 7 ta viloyatida markazning bo‘limlari ochildi. Har bir bo‘limda alohida tajribaga, salohiyatga ega soha hodimlari faoliyat olib bormoqda. Yangi markaz o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan. Uning barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — deydi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari Nasimxon Alimov.

“Bugun internet olami dunyoni zabt etayotgan, insoniyat tafakkurini egallashga harakat qilayotgan bir davrda ma’naviyat, marifat va qadriyat masalalari har doim ham insonni o‘ylantirmasligi mumkin. Ammo birgina tashkilot tashabbusi yoki jonbozligi tufayli butun bir mudrab yotgan xalq uyg‘onishi yoki yanada ravnaq topishi aniq. O‘zbekiston o‘zining boy tarixi bilan dunyo tamaddunida o‘z o‘rniga ega. Bu madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish nafaqat davlat, balki jamoat tashkilotlarining ham vazifasi hisoblanadi. Bugun mamlakatimizda 10 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning uchdan bir qismi madaniy merosimizni asrab-avaylashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ana shunday vazifalardan birini zimmasiga olayotgan ‘Umrboqiy meros’ markazining tashkil topishi bizni hamkor sifatida quvontirdi. Xayriya jamoat fondimiz tashabbusi bilan Xorazm lazgisi, ‘Umrboqiy meros’ markazi tashabbusi bilan esa o‘zbek kashtachiligi YuNESKO ro‘yxatga kiritilishini taklif qilgan. Yaqin kunlarda bizning boy qadriyatlarimiz ushbu ro‘yxatdan o‘rin olishi kutilmoqda”, — deydi “Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondi raisi Amirqul Karimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют