» » DXX Farg‘onada Qirg‘izistonga 800 ming dollar olib ketayotgan ikki avtomobilni to‘xtatdi

DXX Farg‘onada Qirg‘izistonga 800 ming dollar olib ketayotgan ikki avtomobilni to‘xtatdi


Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Toshkent — Andijon” avtomagistralining Yozyovon tumanidan o‘tuvchi qismida ikkita avtomobil to‘xtatildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Avtomashinalar ko‘zdan kechirilganda ularning salon qismida va yukxonalarida katta miqdordagi AQSh dollari topildi. Jumladan, birinchi avtomashinada 423.871 dollar, ikkinchi avtomobilda esa 388.659 dollar, jami 812.530 dollar olib ketilayotgan bo‘lgan.

Avtomashinalar egalari esa qo‘qonlik Olim Ahmedov va Habibulla Halimov hamda ularga hamrohlik qilayotgan Uchko‘prik tumanida yashovchi Abdulvosiy Teshayev ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng ushbu ishga aloqador boshqa shaxslar ham qo‘lga olindi. Xususan, guruhga yetakchilik qilgan Obid Xalimov 13 yil davomida Saudiya Arabistonida yashagan.

Vataniga qaytgan Obid Xalimov o‘z atrofida valyuta tashuvchilar guruhini tuzgan va unga Toshkent shahrida yashovchi jiyani Abdulloh Halimov, Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi qaynog‘asi Habibulla Halimov, shuningdek, Jahongir Tolipov, Olim Ahmedov, Abdulvosiy Teshayev kabi shaxslarni jalb etgan. Ular xorij valyutalarini noqonuniy tarzda Qirg‘izistonga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

Hozirda DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют