» » O‘zbekiston 24 ta lokomotiv xarid qilish uchun 170 mln dollar zayom oladigan bo‘ldi

O‘zbekiston 24 ta lokomotiv xarid qilish uchun 170 mln dollar zayom oladigan bo‘ldi


Osiyo tarqqiyot banki 24 ta ultra zamonaviy elektrolokomotivlarni xarid qilish orqali O‘zbekiston lokomotiv parkini yaxshilash uchun 170 million dollar zayom mablag‘larini ajratadigan bo‘ldi, deb xabar beradi Spot. Avvalroq, O‘zbekiston yangi lokomotivlarni xarid qilishga 226 million dollar yo‘naltirishi haqida ma’lum qilingandi.

Yangi lokomotivlar juda tozaligi, ishonchliligi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati sabab temir yo‘l tizimining samaradorligini oshiradi.

“Transport va aloqa O‘zbekiston kabi dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan mamlakatning o‘sishi va rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanib, O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda”, — deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi boshlig‘i Sindi Malvichini.

O‘zbekistonda 4669 kilometrni tashkil etadigan temir yo‘l tarmog‘i mamlakatdagi jami tashilayotgan yuklarning 40 foizini, yer usti vositalari orqali manziliga yetkazilayotgan odamlarning 4 foizini o‘z hisobiga oladi.

Hozirda mamlakat temir yo‘l tarmog‘ining 2350 kilometri (50 foizdan ortiqroq) elektrlashtirilgan.

Loyiha doirasida 24 ta elektrovoz taqdim etiladi. Ularning 16 tasi yuk tashuvchi poyezdlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 8 tasi yo‘lovchilarni tashishga xizmat qiladi. Ushbu lokomotivlar yiliga 900 ming tonna parnik gazlarining atrofga chiqishini oldini oladi.

2025-yilning iyuniga qadar yakunlanishi kutilayotgan loyihaning umumiy qiymati 218,3 million dollarga teng, shundan 48,3 million dollari O‘zbekiston tomonidan ajratiladi. Zayom mablag‘lari 2044-yilga qadar qaytariladi. Olingan mablag‘ foizlari 66,9 million dollarni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют