» » Ozbekistonda eng kam ish haqi atamasi ozgardi

Ozbekistonda eng kam ish haqi atamasi ozgardi


21-may kuni Mehnatga haq tolash, pensiyalar va boshqa tolovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish togrisida PF-5723 sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori orniga quyidagi miqdorlar belgilandi:

Mehnatga haq tolashning eng kam miqdori 577 170 som;

Bazaviy hisoblash 202 730 som;

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 202 730 som.

Bunda:

Mehnatga haq tolashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qoshimcha haq, gonorar, qoshimcha ish uchun kompensatsiya tolovlari va ragbatlantiruvchi tusdagi tolovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qoyilgan boshqa tolovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qollab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik boyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qollaniladi.

Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qollaniladi:

soliqlar, yigimlar, jarimalar, davlat bojlari va korsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa tolovlarning miqdorlarini;

tadbirkorlik bilan shugullanish uchun patent, litsenziya va boshqa tolovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda tolanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy korsatkichlarning cheklangan miqdorini.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qoshimcha haq va kompensatsiya tolovlari, shuningdek, xodimlar sogligiga yetkazilgan zararni qoplashda qollaniladi.

Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qoshimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va ragbatlantiruvchi tusdagi tolovlarning barcha turlari mazkur tolovlarning somda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-05-2019, 19:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -