» » O‘zbekistonda xodimlarga to‘lash mumkin bo‘lgan eng kam oylik ish haqi miqdori 75 ming so‘mga oshirildi

O‘zbekistonda xodimlarga to‘lash mumkin bo‘lgan eng kam oylik ish haqi miqdori 75 ming so‘mga oshirildi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining Telegramdagi kanali.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffitsiyentlari 2,476, 2,725, 2,998 dan tegishlicha 2,847, 2,997, 3,148 ga oshirilgan.

“Kiritilgan qo‘shimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 so‘mdan 577 ming 172 so‘mga oshirildi”, — deyiladi Adliya vazirligi axborotida.

Endilikda, O‘zbekistonda 577 ming 172 so‘mdan kam oylik ish haqi to‘lanishi mumkin emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют