» » Toshkentlik fuqaroga yuborilgan pochta jo‘natmasidan marixuana chiqdi

Toshkentlik fuqaroga yuborilgan pochta jo‘natmasidan marixuana chiqdi


“Boshpochtampt” bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro U.R. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Nazorat davomida deklaratsiyada ko‘rsatilgan CD 3 va Books tovarlari o‘rnida polietilen paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga asosan, ashyoviy dalil sifatida olingan marixuana giyohvandlik moddasining sof og‘irligi 414,76 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют