» » Xorazmdagi maktablarda OTMlarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi

Xorazmdagi maktablarda OTMlarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi


Xorazm viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik jarayonlarini aniqlash yuzasidan sinov test jarayonlari o‘tkazildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

11-sinf bitiruvchilarida oliy ta’limga test topshirishda ko‘nikma hosil qilish maqsadida barcha tumanlarga yo‘nalishlarni aniq belgilaydigan, o‘quvchi tomonidan ishlangan testlarni kompyuter texnika vositasida tekshirish imkoniyatini beruvchi va har bir yo‘nalish bo‘yicha ballarini aniq chiqarib bera oladigan dasturlar o‘rnatildi.

Shuningdek, 57 mingdan ortiq test bazasi asosida 1-bosqichda viloyatdagi 11-sinf bitiruvchilarining 8296 nafaridan sinov testlari olindi. Sinov testlarida qatnashgan o‘quvchilarning 566 nafari davlat granti, 381 nafari shartnoma asosida, jami 947 nafarni (jami 11-sinf bitiruvchilariga nisbatan 4,63 foiz, test topshirgan o‘quvchilarga nisbatan 11,42 foiz) tashkil etdi.

Jarayonga jalb etilgan 8296 nafar o‘quvchidan 7340 nafari (88,4 foiz) esa buguni kunda oliy ta’limga tayyorgarlik darajasi past ekanligi aniqlandi.

2019-yil 14—16-may kunlari esa mazkur jarayonning 2-bosqichi o‘tkazildi. Unga 10189 nafar 11-sinf bitiruvchisi jalb qilindi. Sinov testlarida qatnashgan o‘quvchilarning 391 nafari davlat granti, 844 nafari shartnoma asosida, jami 1235 nafarni (jami 11-sinf bitiruvchilariga nisbatan 6,04 foiz, test topshirgan o‘quvchilarga nisbatan 12,12 foiz) tashkil etdi.

1-bosqichga nisbatan oliy ta’limga kirishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar soni 288 nafarga oshdi. Shuningdek, test topshirgan o‘quvchilarning 6787 nafari o‘tgan yilgi kirish ballaridan past ball to‘plagan bo‘lsa, 2563 nafari (1-bosqichga nisbatan 1758 nafarga kamaygan) esa javob varaqalarini bo‘yashdagi xatoliklar tufayli yetarlicha ball to‘play olmagan.

Ushbu jarayon o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari jarayonlarini oldindan his qilib, o‘zlaridagi mavjud kamchiliklarini bartaraf qilish imkoniyatini yaratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют