» » Farg‘onada avval ham firibgarlik bilan ayblangan ayolga sud hukmi o‘qildi

Farg‘onada avval ham firibgarlik bilan ayblangan ayolga sud hukmi o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘onaning Furqat tuman sudida firibgarlik sodir etgan A.Mirzayeva nisbatan sud hukmi o‘qildi. Oliy sud matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ayol avval ham bir necha bor firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash yoki ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish jinoyatini sodir etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, A. Mirzayeva 2017-yil 18-dekabr kuni soat 11:00 larda Furqat tumani markaziga kelib, fuqaro Sh.Tursunova (Jo‘rayeva)ning ishonchiga kirgan. Unga ikki dona tilla zanjirlarni ko‘rsatib, ushbu tilla taqinchoqlar evaziga pul berib turishini so‘raydi. Pullarini 10—15 kun ichida qaytarib olib kelib berishini va tilla taqinchoqlarini qaytarib olishini aytadi.

Firibgar ayol Sh.Tursunovadan 100 dollar va 1 650 000 so‘m pul mablag‘larini oladi. So‘ng o‘zi bergan tilla zanjirlarni o‘rab berishini aytib, ushbu tilla zanjirlarni qaytarib oladi. Tursunovaning chalg‘iganidan foydalanib, bu tilla zanjirlar o‘rniga o‘zi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan, salfetkaga o‘rab skotchlangan, sariq metalldan yasalgan ikki dona braslet va sariq metalldan yasalgan bir dona zanjirni beradi.

U arzimagan narxdagi “zeb-u zarlarini” garov sifatida topshiradi va qaytib kelguniga qadar ochmaslikni tayinlab, hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan.

A. Mirzayeva huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. U Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) bilan aybdor deb topilib, sud tomonidan tegishli tartibda jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют