» » Ozbekistondagi bogchalarda pedagoglar kopayadi

Ozbekistondagi bogchalarda pedagoglar kopayadi


Ozbekistondagi maktabgacha talim muassasalarida pedagoglar kopayadi. Ularni tayyorlash uchun respublikadagi 97 ta kasb-hunar kolleji qayta tashkil etilishi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi 418-son qarorida nazarda tutilgan. Bu haqda Norma xabar berdi.

Har bir viloyatda pedagogika yonalishida kadrlar tayyorlaydigan ayrim kasb-hunar kollejlari Maktabgacha talim vazirligining (MTV) pedagogika kollejlari etib qayta tashkil etiladi. Qayta tashkil etiladigan talim muassasalari royxati hujjatga ilovada berilgan bolib, barcha hududlar, shu jumladan Qoraqalpogiston Respublikasi va Toshkent shahrini (poytaxt pedagogika kolleji) qamrab olgan.

1 oy muddatda kollejlarning bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida MTVga tekinga topshiriladi. Bunda ularning bosh turgan binolariga MTV tizimidagi davlat muassasalari, shu jumladan bolalar bogchalari hamda ularning tayyorlov guruhlari tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

MTV qayta tashkil etilgan kollejlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi va ularning tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash bilan shugullanadi. MTV huzuridagi Maktabgacha talim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti esa oquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish hamda amaliy va axborot resurslari jihatidan komaklashish bilan shugullanadi.

Yangi pedagogika kollejlariga umumtalim hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan sanat va madaniyat, olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilari oqishga qabul qilinadi. Qabul kvotalarini MTV belgilaydi. Qayta tashkil etiladigan kollejlarga oqishga qabul qilingan oquvchilar oqishni amaldagi oquv dasturlari asosida tugatadi.

2019-yil 1-sentyabrgacha tayyorlov yonalishlari va mutaxassisliklar royxati, oquv reja va dasturlar rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgor tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Qayta tashkil etiladigan oquv muassasalari asosiy faoliyatiga qoshimcha ravishda boshqa pullik xizmatlar korsatishi mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasida elon qilingan va 2019-yil 20-maydan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-05-2019, 19:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -