» » AQSh Venesuelani milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Venesuelani milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi


AQSh Savdo vazirligi Venesuelani Amerika tovarlari, xususan, ikki tomonlama vazifaga ega bo‘lgan tovarlarni import qiluvchi va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi mamlakatlar guruhiga kiritdi. “Kommersant”ning xabar berishicha, tegishli hujjat Sanoat va xavfsizlik byurosi tomonidan e’lon qilingan.

“Byuro Venesuelani milliy xavsizlik strategiyasi doirasida bir qator tovarlarni eksport qilish ruxsat berilgan B guruhdagi mamlakatlar qatoridan chiqarib tashlash maqsadida eksport nazorati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritadi. Venesuela xavsizlikka muayyan tahdid soluvchi D guruhi mamlakatlari qatoriga ko‘chiriladi”, — deyiladi AQSh federal hukumatining rasmiy jurnalida chop etilgan izohda.

Avvalroq AQSh Transport vazirligi Amerika va Venesuela o‘rtasidagi barcha yo‘lovchi va yuk tashuvchi reyslarni vaqtincha to‘xtatishni buyurgan edi. Vazirlik o‘z qarorini Milliy xavsizlik vazirligidan Venesueladagi tartibsizliklar va zo‘ravonliklar kuchaygani haqida ma’lumot berilgani bilan izohlagan.

AQSh 2018-yilning yakunida Venesuela, Kuba va Nikaraguaga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi. Vashington bu davlatlarni “tiranlar uchligi” deb nomlagan va ularning aksildemokratik tuzumiga qarshi kurashishga va’da bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют