» » Makgregor: Meyvezerni revansh jangida mag‘lub etishim aniq

Makgregor: Meyvezerni revansh jangida mag‘lub etishim aniq


Irlandiyalik MMA jangchisi, UFC sobiq chempioni Konor Makgregor boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga qarshi yana bir bor ringga ko‘tarilishini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, boks qoidalariga ko‘ra o‘tgan dastlabki jangda Meyvezer nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. O‘sha vaqtdan buyon revansh jangi o‘tkazilishi haqida bir necha bor aytib o‘tildi.

“Men Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha revansh jangi o‘tkazishni xohlayman. Uni yuta olishimga ishonaman.

Dastlabki jangning birinchi raundidayoq men unga juda ko‘p zarbalar berdim. Hattoki men birinchi raunddan keyin murabbiyimga hammasi oson kechayotgani haqida ham gapirgan edim.

Meyvezer menga revansh jang o‘tkazishga va’da bergan, lekin shu vaqtga qadar u bilan aloqaga chiqmadik”, — dedi Makgregor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют