» » Germaniyaning Rostok universiteti professorlari Andijonga keldi (foto)

Germaniyaning Rostok universiteti professorlari Andijonga keldi (foto)


Germaniyadagi Rostok universitetining bir guruh professorlari — tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari, Yadro tibbiyoti klinikasi direktori Bernd Krauze, universitet klinikasi torakal jarrohlik bo‘limi boshlig‘i Rudolf Orter Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Delegatsiya vakillari ADTI bilan o‘zaro o‘quv, ilmiy-tadqiqot va davolash ishlarinini hamkorlikda olib borish, shartnomalar asosida talabalarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv maqsadlarini bayon etib, institut ilmiy kengashlar zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Mehmonlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida ham bo‘lib, sohada yechimini kutayotgan muammolar, bugungi kunda onkologik xizmatni yuqori darajaga ko‘tarish, erta tashxis va davolashning samarali usullarini qo‘llash borasida shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, ular filial bo‘limlaridagi bemorlar ko‘rigida ham qatnashib, shifokorlar va fuqarolarga zarur tavsiya hamda maslahatlar berdi.

Tashrif so‘ngida germaniyalik professorlarga institut rahbariyatining esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida ADTI rektori M.Madazimov Germaniyadagi mazkur universitetda bo‘lgan hamda ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida bakalavriat yo‘nalishida qo‘shma fakultet ochish, onkologiya yo‘nalishida hamkorlikda magistrlik dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar imzolagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют