» » O‘zbekiston—Germaniya qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash sohasida yangi kelishuvga erishdi

O‘zbekiston—Germaniya qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash sohasida yangi kelishuvga erishdi


O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi mutaxassislari Germaniyaning Gannover shahrida bo‘lib, “Bundessortenamt” qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash federal markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo” ga Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif davomida “Bundessortenamt” qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash federal markazi prezidenti Udo fon Kryoxer qishloq xo‘jaligi navlari, ya’ni xo‘jalik belgilarini baholash – (VCU), qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini huquqiy himoya qilish (DUS) sinovlarini olib borish yuzasidan amaliy tajribalar almashdi.

Tashrif davomida mutaxassislar Magdeburg nav sinash stansiyasida bo‘lishdi. Mazkur stansiya 60 gektar maydonga ega bo‘lib, bu yerda qariyb 1500 ga yaqin yangi ekin navlari yuqori texnika va texnologiyalar orkali Bundessortenamt qo‘llanmasi asosida sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Germaniyada barcha kishlok xujalik ekinlari navlari majburiy sinovdan 22 ta nav sinash stansiyalarida o‘tkazilib, undan keyingina navlar sinov natijasiga asosan milliy ro‘yxatga kiritiladi xamda ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha tartib o‘rnatilgan.

Shu bilan birga nav sinash ishlariga Davlat tomonidan yiliga 22 million yevro ajratiladi va budjet tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi. Sinov ishlari pullik xizmat asosida amalga oshirilishi xamda ushbu tashkilot Germaniya qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda o‘rni juda katta ekanligi ma’lum bo‘ldi.

“Ushbu tashrif natijasida O‘zbekiston-Germaniya qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash sohasida ikki tomonlama hamkorlikka oid memorandum imzolanishiga va Germaniyaning ilgor tajribasini o‘rganish kelishib olindi. Shuningdek, hamkorlikda ikki mamlakat iqlimiga mos yuqori hosilli, sifatli navlarni joriy kilish hamda bu borada mutaxassislarning tajriba almashishi rejalashtirilmoqda”, — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazi direktori o‘rinbosari Mirjamshid Murtalibov.

Shu bilan birga Germaniya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligining Milliy va xalqaro darajali muvofiqlashtirish markazi koordinatori doktor Stefan Xaffke sohaga oid hamkorlik aloqalariga ishonch bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют