» » Buxoroda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolga hukm o‘qildi

Buxoroda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolga hukm o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi Shofirkon tumanidagi “Shibirg‘on” MFY binosida, ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib, ushbu sud majlisida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayolga hukm o‘qildi.  Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi raisi Jamolbek Jumaniyozov “Daryo”ga xabar qildi.

Voqea quyidagicha sodir bo‘lgan. R. Dostonova (ism-shariflar o‘zgartirilgan), 2018-yil 17-fevral kuni taxminan soat 20:00 larda o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Shofirkon tumani “Shibirg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Shibirg‘on” qishlog‘ida joylashgan yashash xonadoni yotoqxonasida g‘arazli va past niyatlarda fuqarolar A. Bilolova hamda J. Sharipovga o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun sharoit yaratib berib, evaziga A. Bilolovadan 10 000 so‘m miqdordagi pulni olib fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Sudlanuvchi R. Dostonova sud majlisida aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, u 2018-yil 17-fevral kuni soat taxminan 17:00 larda hamqishlog‘i J. Sharipovga qo‘ng‘iroq qilib, haq evaziga jinsiy aloqa qiladigan dugonasi bo‘lsa aytishini bildirganligi uchun uyida unga notanish ayol kelganligini, moddiy manfaaat evaziga jinsiy aloqa qilishga moyil bo‘lganligini, agar kelsa Aziza bilan o‘zaro gaplashib uyida jinsiy aloqada bo‘lishi mumkinligini bildirganidan so‘ng soat taxminan 19:30 larda Jamshid uni uyiga kelganini va Jamshid undan Azizaning xizmat narxini so‘raganida u Jamshidga Azizani xonasini ko‘rsatib, Azizani o‘zi bilan gaplashishini aytganini tan olgan. Shundan so‘ng ularga sharoit yaratib berib, evaziga Aziza unga Jamshid bergan 30 000 so‘mdan 10 000 so‘m pul mablag‘i berganini, 2018-yil 18-fevral kuni soat taxminan 9:00 larda hudud profilaktika inspektori Yo. Salimov yashash uyiga 2 nafar xolislar bilan kelib, nomaqbul ishlar uchun sharoit yaratib berib, 10 000 so‘m pul olganligini, ushbu pulni o‘z ixtiyori bilan taqdim qilishini bildirishganidan so‘ng u 3 dona 10 000 so‘mlik kupyuradan 30 000 so‘m pul mablag‘ini profilaktika inspektoriga taqdim qilganini, hozirda qilmishidan pushaymondaligi haqida ko‘rsatuv berib, ayolligini inobatga olib unga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘radi.

Dostonova JK 131-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topildi va unga shu moddaga asosan JKning 57-moddasini qo‘llab, oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Dostonovaga JKning 72-moddasi qo‘llanilib, ahloq tuzatish ishlari jazosi shartli hisoblanib,1 yil sinov muddati belgilandi.

Dostonovaga yashash joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turishi, muayyan joylarda bo‘lmaslik, vaqti-vaqti bilan IIBdan ro‘yxatdan o‘tib turish majburiyatlari yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют