» » Qashqadaryoda qorabayir otlariga elektron chiplar ornatilmoqda

Qashqadaryoda qorabayir otlariga elektron chiplar ornatilmoqda


Qashqadaryoda 87 bosh qorabayir oti va 145 bosh chorva moliga elektron raqamli chiplar ornatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat qishloq xojalik boshqarmasida bolib otgan tadbirda malum qilindi, deya xabar beradi Daryo muxbiri.

Tadbirda aytilishicha, viloyatda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qorabayir otlari va chorva mollariga elektron raqamga ega chiplar ornatish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish togrisidagi qarori ijrosini taminlash maqsadida amalga oshirilmoqda, deydi Ozbekchorvanasl agentligi hayvonlarni identifikatsiya qilishni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligi Nargiza Amanbayeva.

Yigilishda soz olgan Qashqadaryo viloyat IIB boshligi orinbosari Samad Turdiyev 2018-yilda viloyatda 24 ta mol ogriligi jinoyati sodir etilgan bolsa, 2019 yilning otgan davri mobaynida bu korsatkich 17 tani tashkil etayotganini aytib, mol ogirlanishining oldini olishda identifikatsiya raqamli chip ayni muddao ekanligini takidladi.

Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligi orinbosari Shaymardon Shodiyevning Daryoga malum qilishicha, ayni kunga qadar viloyatda 87 bosh qorabayir oti va 145 bosh chorva moliga elektron raqamli chiplar ornatilgan. Viloyatdagi fermer xojaliklari uchun bir bosh qora molga chip ornatish xarajati 25 500 somni tashkil etadi. Fuqarolarga tegishli qoramollar esa chip bilan bepul taminlanadi.

Malumot uchun, viloyatda hozirda 1 million 565 ming 681 bosh qoramol, 4 million 543 ming 156 bosh mayda shoxli mol bor.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -