» » Sport zalida o‘zini tutish qoidalari

Sport zalida o‘zini tutish qoidalari


Nihoyat siz sport zaliga abonement sotib oldingiz va birinchi mashg‘ulotga bormoqchisiz. Ammo bundan oldin hech qayerda yozilmagan sport zalidagi xulq qoidalarini bilib oling, shunda o‘ng‘aysiz vaziyatga tushmaysiz.

O‘zingiz foydalanib bo‘lgan fitnes anjomlarini joy-joyiga qo‘yishni unutmang — ularni butun zal bo‘ylab qidirib yurish hech kimga xush kelmaydi, ustiga-ustak, bu qo‘shimcha ravishda yana bir qancha kaloriyani yo‘qotish uchun ajoyib imkoniyat.

Boshingizga kimningdir lasti urilib ketsa, bundan xursand bo‘lishingiz amri mahol. Boshqa suzuvchilar ham buni istamaydi. Shu tufayli xavfsiz masofani saqlab, o‘ng tomonda harakatlaning va tez suzish uchun mo‘ljallangan yo‘lakchada bo‘shashib qolmang.

Basseynga tushishdan yoki bug‘xonaga kirishdan avval ham dush qabul qilish shart. Kiyinish xonasida oyoq yalang yurmang, aks holda oyoq zamburug‘ini yuqtirib olasiz. Shuningdek, badan uchun sochiqdan oyoqlarni artishda foydalanmang — bu gigiyenaga zid.

Hadeb kulerning yoniga boravermaslik uchun, uydan o‘zingiz bilan suv olib keling. Zarur bo‘lganida esa, kuler yonida hech kim bo‘lmagan vaqtda idishingizni suvga to‘ldirib oling.

Manba: “The-challenger.ru”

Опубликовано: admin (20-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют