» » Berlinda Orolbo‘yi mintaqasi muammolariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

Berlinda Orolbo‘yi mintaqasi muammolariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi


O‘zbekistoning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Berlinda German Water Partnership tashkilotining 12-yillik forumi doirasida BMT rahnamoligida 2018-yil oxirida tuzilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasining taqdimoti o‘tkazildi.

Forumda O‘zbekiston nomidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Jusibek Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya qatnashgan.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston tashabbusi va BMT ko‘magida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondining maqsadi, vazifalari va faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lumki, Trast fondining asosiy maqsadi Orol dengizini qurishining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan.

O‘z navbatida, German Water Partnership rahbariyati respublikada, xususan, Orolbo‘yida suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish istagini bildirdi.

Shu munosabat bilan, tashkilot rahbari O‘zbekistonga Germaniya kompaniyalarini jalb etgan holda tegishli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Tadbirda ishtirok etish doirasida, O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Tashqi ishlar federal vazirligi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi, Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi federal vazirili, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi vakillari, German Water Partnership rahbariyati va Germaniyaning boshqa bir qator tashkilotlari va kompaniyalari bilan ham ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

German Water Partnership tashkiloti Germaniya hukumati tomonidan 2008-yilda tuzilgan. U suv resurslavrini boshqarish masalalari bilan shug‘ullanadigan 350 dan ortiq ixtisoslashtirilgan kompaniyalar, birlashmalar va tadqiqot institutlarini o‘z ichiga oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют