» » Trampning shaxsiy kabinetiga begona odam kirgani voqeasi to‘qima bo‘lib chiqdi

Trampning shaxsiy kabinetiga begona odam kirgani voqeasi to‘qima bo‘lib chiqdi


AQSh prezidenti Donald Trampning Florida shtati Palm-Bich kurort shahrida joylashgan “Mar-a-Lago” qo‘rg‘onidagi shaxsiy kabinetiga begona odam kirgani voqeasi to‘qima bo‘lib chiqdi, deb yozadi “TASS”. TMZ nashri aniqlashicha, Maxfiy xizmat puxta tekshiruvdan o‘tgan kurortda dam olayotgan istalgan kishini bu xonaga kiritishi mumkin.

Avvalroq Jozef Yang ismli erkak davlat rahbarining qarorgohini qo‘riqlayotgan Maxfiy xizmat xodimlari ko‘zini shamg‘alat qilib, Trampning portreti fonida selfi olganini da’vo qilgandi. Amerikalik suratni internetga joylagan, ammo keyinroq o‘chirib tashlagan edi.

“Mar-a-Lago” golf o‘yini ishqibozlari uchun elita kurorti bo‘lib, u yerga faqat klub a’zolari va ularning mehmonlari kirishi mumkin. TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, dam oluvchilar belgilangan soatlarda prezidentning shaxsiy kabinetiga kirishi va u yerda suratga tushishi mumkin. Nashr dalil sifatida boshqa kishilarning ham portret fonidagi suratlarini e’lon qildi.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют