» » A Seriya. “Yuventus” va “Napoli” mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi

A Seriya. “Yuventus” va “Napoli” mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi


25—26-may kunlari futbol bo‘yicha Italiya chempionatining so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” klubi “Bolonya” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 43-daqiqasida mezbon jamoa vakili Federiko Santander neapolliklar darvozasini ishg‘ol qildi (1:0). Oradan 2 daqiqa o‘tib yarim himoyachi Blerim hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 57-daqiqada “Napoli” himoyachisi Fauzi G‘uloam hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib hujumchi Dris Mertens hisobni tenglashtirdi (2:2). 88-daqiqada esa Federiko Santander dublga erishdi (3:2) va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa “Napoli” 2018/19-yilgi mavsumni mag‘lubiyat bilan tugatdi.

26-may, yakshanba kuni chempionlikni muddatidan avval hal qilgan Turinning “Yuventus” klubi mehmonda “Sampdoriya” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuv davomida “Sampdoriya” a’zolari Greguar Defrel (84) va Janluka Kapriari (90) tomonidan urilgan gollar maydon egalariga “Yuventus” ustidan g‘alaba keltirdi (2:0).

Shu tariqa “keksa sinyora” joriy mavsum A Seriyani yutqazgan holda tugatdi.

Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan ”jamoasi SPAL bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida “rossonerilar” a’zosi Xakan Chalxano‘g‘lu dastlabki golni urgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib yarim himoyachi Frank Kessie milanliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). 28-daqiqada esa SPAL himoyachisi Franchesko Vikari “Milan” darvozasini ishg‘ol qildi (2:1). 2-bo‘limning 53-daqiqasida mezbon jamoa vakili Muhammad Fares hisobni tenglashtirdi (2:2). 66-daqiqada SPAL darvozasi tomon penalti belgilandi va undan Kessie unumli foydalanib, dublga erishdi (3:2).

Shu tariqa milanliklar safarda SPALni mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Gattuzo jamoasi 68 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egalladi va kelasi mavsum Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Klaudio Ranyeri boshliq Rimning “Roma” klubi o‘z uyida “Parma”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinning 35-daqiqasida rimliklar yarim himoyachisi Lorenso Pellegrini hsiobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqaga kelib “Parma” a’zosi Jervinyo hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 3 daqiqa o‘tib “Roma” o‘yinchisi Diyego Perotti raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinga nuqta qo‘ydi (2:1).

Natijada “Roma” o‘z uyida “Parma”ni taslim qildi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Shu kuni Luchano Spaletti boshqaruvidagi Milanning “Inter” klubi “Juzeppe Meatssa” stadionida “Empoli” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvda “nerradzurilar”dan Keyta Balde (51) va Raja Nainggolan (81) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “Empoli” safidagi yagona gol Hamed Traore (76) tomonidan kiritildi (2:1).

Shu tariqa “Inter” ochkolari sonini 69 ta ga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-o‘rindan joy oldi.

A Seriya

38-tur bahslari

25-may, shanba

Gollar: 1:0 — 43 Santander, 2:0 — 45 Blerim, 2:1 — 57 G‘ulom, 2:2 — 78 Mertens, 3:2 — 88 Santander

26-may, yakshanba

Gollar: 1:0 — 51 Yago Falke, 2:0 — 53 Lukich, 2:1 — 66 Immobile, 3:1 — 80 de Silvestri

Gollar: 1:0 — 84 Defrel, 2:0 — 90 Kaprari

Gollar: 0:1 — 18 Chalxano‘g‘lu, 0:2 — 23 Kessie, 1:2 — 28 Vikari, 2:2 — 53 Fares, 2:3 — 66, penalti, Kessie

Gollar: 1:0 — 35 Pellegrini, 1:1 — 86 Jervinyo, 2:1 — 89 Perotti

Gollar: 1:0 — 51 Keyta Balde, 1:1 — 76 Traore, 2:1 — 81 Nainggolan

Gollar: 1:0 — 17 Pavoletti, 1:1 — 59 Hadlvredsson, 1:2 — 69 De Mayo

Gollar: 0:1 — 19 Berardi, 1:1 — 35 Sapata, 2:1 — 53 Gomes, 3:1 — 65 Pashalich

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют