» » Shahrisabzdagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida maktab bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Shahrisabzdagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida maktab bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi


Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi — KOICA’da maktab bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida markaz imkoniyatlari xususida o‘quvchilarga ma’lumot berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, KOICA’da talabalarning o‘qish muddati 10 oy bo‘lib, shundan 4 oyi korxonalarda amaliyot o‘tash bilan o‘tadi. O‘qish davrining dastlabki 6 oy mobaynida talabalarga bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan eng kam oylik ish haqi miqdorida stipendiya to‘lab boriladi.

KOICA markazi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-martdagi qaroriga asosan Koreya Respublikasining 8,5 million AQSh dollarlik grant mablag‘i evaziga barpo etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 480 nafar talabaga tahsil berish imkoniyatiga ega. Qo‘shni tumanlardan kelgan o‘quvchilar uchun 60 o‘rinli yotoqxona ham mavjud.

– Maktabimiz bitiruvchilarini ushbu markaz faoliyati bilan tanishtirishdan maqsad, kasb-hunar o‘rganishga qiziqishi bo‘lgan yoshlarni ushbu dargohda ta’lim olishga chorlashdan iborat, — deydi Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Shuhrat Ro‘ziyev. — O‘quvchilarimizning kasb-hunarli bo‘lib, elimiz koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lib yetishidan manfaatdormiz.

Shahrisabz tuman Xalq ta’limi bo‘limi o‘quv ishlab chiqarish majmualari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish sho‘basi mudiri Jamoliddin Po‘latovning ma’lumot berishicha, joriy o‘quv yilida Shahrisabz tumanidagi mavjud 85 ta maktabning 3862 nafar o‘quvchisi 14 ta kasb bo‘yicha o‘quv ishlab chiqarish majmualarida ta’lim oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют