» » Samarqandda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqandda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sayyor qabul o‘tkazdi


24–25-may kunlari O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Muhiddin Jo‘rayevning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Pastdarg‘om tumanidagi 32-sonli musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul jarayonida kitob yarmarkasi o‘tkazilgan. Qabulda Pastdarg‘om tuman hokimligi va tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati nogironlar uchun aravachalar tarqatdi. Yil boshidan buyon 76 ta nogironga bu kabi aravachalar berilgan. Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ham yana bir guruh imkoniyati cheklangan shaxslarga nogironlik aravachasi topshirildi.

Sayyor qabulga kelgan murojaatlarning aksariyati uy-joy ta’minoti, yer egaligi, kredit masalasi, tadbirkorlik faoliyati, moddiy yordamlar borasida bo‘ldi. Pastdarg‘om tumanidagi sayyor qabulda umumiy tarzda 42 ta murojaat qabul qilindi. Ayrimlari joyida hal qilingan bo‘lsa, qolganlari mutasaddi tashkilotlarga kechiktirmasdan hal qilish uchun yo‘llandi.

25-may kuni Nurobod tumanining 18-sonli musiqa maktabida o‘tkazilgan sayyor qabulga 33 ta muammo ko‘rib chiqildi. 7 ta masala joyida ijobiy hal etilib, bitta masalaga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 25 ta murojaat yuzasidan tegishli muddatlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabullarda ishtirok etgan viloyat IIB boshlig‘i va tumanlar IIBlari boshliqlari tomonidan ham fuqarolar qabul qilindi. Ular tomonidan ham tadbir ishtirokchilariga tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют