» » Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining Qashqadaryodagi sayyor qabulida kelib tushgan 74 ta shikoyatning 26 tasi IIB tizimidagi muammolar ekani aniqlandi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining Qashqadaryodagi sayyor qabulida kelib tushgan 74 ta shikoyatning 26 tasi IIB tizimidagi muammolar ekani aniqlandi


Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Hotamovning 21-may kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida tilga olingan 74 ta shikoyatning 26 tasi Ichki ishlar tizimidagi muammolar ekanligi aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sayyor qabulda Qarshi shahri va 6 ta tumandan kelgan murojaatchilar muammosi tinglangan. Qabulda vazir o‘rinbosari murojaatchilarning 74 ta muammosini eshitgan va 17 ta muammoga o‘sha joyning o‘zida yechim topilgan.

Kasbi tumani “Fazli” MFY, “Fazli” qishlog‘ida yashovchi I-guruh nogironi Dildora Abdiyeva hamda “Jarko‘cha” MFY da yashovchi I-guruh nogironi O‘lmas Beknazarovning nogironlik aravachasi so‘rab qilgan murojaatiga javoban o‘sha joyning o‘zida ularga nogironlik aravachasi topshirilgan bo‘lsa, murojaatchilar Yulduz Qo‘ziyeva, Toshpo‘lat Boboyev, Jabbor Ashurmamatovlarga bir juftdan qo‘ltiqtayoq sovg‘a qilingan.

IIB matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Ichki ishlar tizimidagi muammolar haqida so‘z ochgan 26 nafar murojaatchining 4 nafari xizmatga qayta tiklash va ishga kirish masalasida murojaat qilgan bo‘lsa, 4 nafar murojaatchi surishtiruv va tergov harakatlaridan noroziligini bildirgan. 2 nafar murojaatchi esa YPX xodimlarining xatti-harakatidan norozi bo‘lib shikoyat qilgan.

Aniqlanishicha, IIB tizimidagi 26 ta muammoning 7 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan 19 tasi ijroga qaratilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, vazir o‘rinbosarining sayyor qabuli bugun Yakkabog‘ tumanida davom etmoqda. Qabulda Shahrisabz shahri, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabog‘, Kitob va Shahrisabz tumanlaridan kelgan murojaatchilar muammosiga yechim izlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют